Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Har bir yakka-yolgʼiz, nogironligi boʼlgan hamda bemor fuqarolar tibbiyot xodimlari tomonidan nazoratga olingan

×

 2023-01-23 09:28:49    144

PDF yuklash
Chop etish


Аnomal sovuq kunlarda Fargʼona shahar tibbiyot birlashmasining barcha tibbiyot xodimlari ham oʼz faolliklarini koʼrsatmoqdalar. Oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot shifikorlari, patronaj hamshiralar tomonidan barcha yakka-yolgʼizlar, nogironligi boʼlgan, bemor fuqarolar holidan kunlik nazorat oʼrnatilgan. 


Xonadonlarga tashrif davomida mazkur oilalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʼrganligi, xona harorati, oziq-ovqat zahirasi va boshqa muammolar yuzasidan aniq choralar koʼrilmoqda. Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar boʼyicha shahar hokimligi va tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan shtablarga maʼlumotlar tezkorlik bilan kiritilmoqda.


Maʼlumotlar asosida fuqarolarga shahar hokimligi tomonidan elektr isitgichlar, dori vositalari, kiyim-kechaklar va oziq-ovqat mahsulotlari ajratilmoqda, davolanishi zarur boʼlgan bemorlar esa shifoxonalarga yotqizilmoqda.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati