Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Shodiyona" mahallasiga ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmogʼi tortilmoqda
2023-01-23 09:22:01 349
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan «Shodiyona» mahalla fuqarolar yigʼinidagi Sohibqiron Temur koʼchasiga 800 metr ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmogʼi tortilmoqda.
Olib borilayotgan amaliy ishlardan mahalla ahli hursand. Koʼrsatilayotgan eʼtibordan mamnun boʼlgan fuqarolar oʼz minnatdorchiliklarini bildirmoqdalar.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati