Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʻona shahar hokimligida 2022-yil davomida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat hamda viloyat hokim

×

 2023-01-12 19:17:13    318

PDF yuklash
Chop etish


Fargʻona shahar hokimligida, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat, viloyat hokimligining qaror va farmoyishlari asosida shahar hokimligida ishlab chiqilgan qaror hamda farmoyishlar, shu bilan birga, yuqori idoralardan kelib tushgan topshiriq va mahalliy idoralardan kelib tushgan aloqa xatlari bilan ishlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 12-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  1999-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro intizomini tashkil etish boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yil davomida kelib tushgan barcha turdagi hujjatlar natijasi tahlil qilindi.Fargʻona shahar hokimligiga kelib tushgan murojaatlar (hujjatlar) oʻz muddatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevral kungi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6166-sonli Farmoni (ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona shahar hokimining 2021-yil 19-fevral kungi 72-sonli qarori qabul qilingan) hamda 2021-yil 31-may kungi ““IJRO.GOV.UZ” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5132-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “IJRO.GOV.UZ” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali belgilangan tartibda roʻyhatga olindi hamda bajarilishi ustidan kunlik monitoring yuritilib, bajarish muddatlari boʻyicha bir kun oldin ijrochilarga shahar hokimligining telegram ijtimoiy tarmogʻidagi “Ijro intizomi” guruhi va masʼul ijrochining shaxsiy akkauntlari orqali eslatmalar kiritildi.2022-yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari ijrosi yuzasidan qabul qilingan Fargʻona viloyati hokimining qaror va farmoyishlari ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona shahar hokimligi tomonidan jami 423 ta (2021-yilning shu davrida 551 ta) hujjat roʻyxatga olingan. Jumladan, - Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari - 59 (65) ta;- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni - 36 (65) ta;- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari - 129 (163) ta;- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi - 1 (5) ta;- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlar - 198 (253) ta. Mazkur qaror va farmoyishlarning ijrosini taʼminlash maqadida  Fargʻona shahar hokimligida jami 402 (522) ta hujjat, shundan, 123 (168) ta qaror, 9 (7) ta farmoyish, 270 (347) tasi tegishliligi boʻyicha ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish uchun masʼul boʻlgan qoʻyi boʻlimlargi yetkazish yuzasidan topshiriq xatlari hamda 21 (29) ta maʼlumot va ish jarayonida foydalanish uchun qabul qilindi.Fargʻona viloyati hokimligi hamda boshqa yuqori turuvchi idoralar tomonidan ijro uchun yuborilgan (nomenklaturasi -01-28 va -01-32-xdfu)  jami 4 191 ta (3 543 ta) topshiriq xatlari hamda mahalliy tashkilotlar va huquq tartibot organlaridan kelib tushgan (nomenklaturasi -01-30 va -01-31) jami 2 084 (2 601) ta hujjatlar (aloqa xatlari, taqdimnomalar va boshqalar) belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilib ijro uchun tegishli mutaxassislarga yetkazildi va natijasi toʻgʻrisida oʻz muddatida xat mualliflariga javob qaytarildi.2022-yil mobaynida Fargʻona shahar hokimligiga jismoniy va yuridik shahslardan jami 8 774 ta (oʻtgan 2021-yilning shu davrida 12 615 ta) murojaatlar kelib tushgan. Shu oʻrinda qayd etib oʻtish lozimki, murojaatlar oʻtgan 2021-yilning shu davriga nisbatan 3 841 taga yaʼni 30,4 %ga kamaygan.Fargʻona shahar hokimligida joriy yil davomida roʻyxatga olingan jami 8 774 ta (oʻtgan 2021-yil davomida 12 615 ta) jismoniy va yuridik shaxslarning  murojaatlarni kelib tushgan yoʻnalishlari (kanallari) boʻyicha tahlil qilinganda:- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlar – 2 321 ta 26,5% (4 112 ta 32,6 %); - Fargʻona viloyati hokimligi va boshqa yuqori turuvchi davlat idoralaridan koʻrib chiqish uchun yuborilgan (nomenklaturasi -01-39) murojaatlar – 627 ta 7,1 % (oʻtgan 2021-yilning shu davrida 1 279 ta 10,1 %);- Fargʻona shahar hokimligiga toʻgʻridan-toʻgʻri kelib tushgan (nomenklaturasi -01-40) murojaatlar -  2 581 ta 29,1% (3 891 ta 31,1%); - Fargʻona shahar hokimi tomonidan oʻtkazilgan ommaviy, sayyor va shaxsiy qabullar davomida kelib tushgan murojaatlar – 3 244 ta yaʼni 37,0% (4 613 ta 36,6%)ni tashkil etadi. Ushbularni murojaat shakllari boʻyicha tahlil qilinganda:- shikoyatlar soni – 495 ta yaʼni 6 foiz;- takliflar – 14 ta yani 0,16 foiz;- arizalar – 8 265 ta yani 94 foizni tashkil etadi. Mazkur murojaatlarni sohalar kesimida tahlil qilinganda:- uy-joy (orderli va kredit asosida) va yotoqxonadan joy ajratish masalasida 2 081 ta 23,7% (3 884 ta 30,8%);- moddiy yordam ajratish masalasida 1 563 ta 17,8 % (2 106 ta 16,7%);- uy-joy qurish uchun yer ajratish masalasida 35 ta 0,4 % (442 ta 3,5 %);- koʻchalarni taʼmirlash masalasida 372 ta 4,2% (732 ta 5,8 %);- tadbirkorlik uchun yer ajratish masalasida 24 ta 0,3 % (282 ta 2,2%);- obodonlashtirish masalasida 47 ta 0,5% (89 ta 0,7%);- qurilish masalalarida 91 ta 1,0 % (795 ta 6,3%);- tadbirkorlik masalasida 221 ta 2,5 % (202 ta 1,6 %);- ish haqqi va ishga joylashtirish masalasida 205 ta 2,3% (437 ta 3,5%);- bank krediti masalasida 94 ta 1,1% (281 ta 2,2%);- sogʻliqni saqlash masalasida 269 ta 3,1% (101 ta 0,8%);- elektr va gazlashtirish masalalarida 61 ta 0,6% (75 ta 0,6%);- uylarni taʼmirlash masalasida 182 ta 2,1% (260 ta 2,1%);- MFYga oid masalasida 19 ta 0,2% (49 ta 0,4%);- boshqa turli masalalarda 2736ta 31,2%(2 493ta 19,8%)ni tashkil etdi.- voyaga yetmaganlar komissiyasiga kelib tushgan 784 ta 8,9% (387 ta 3,1%);  Mazkur murojaatlar sektorlar kesimida tahlil etilganda:- 1-sektordan 3 007 ta 34,3 % (3 866 ta 30,6 %);- 2-sektordan 2 236 ta 25,5 % (3 300 ta 26,2 %);- 3-sektordan 2 095 ta 23,9 % (2 686 ta 21,3 %);- 4-sektordan 1 297 ta 14,8 % (2 319 ta 18,4 %)ni tashkil etdi, shuningdek, boshqa shahar va tumanlardan 139 ta 1,6% (444 ta 3,5%) turli murojaatlar kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 4 808 ta 54,8 %  (5457 ta 43,3 %) murojaat ijobiy hal etildi, 2 763 ta 31,5 % (4 887 ta 38,7 %) holatda huquqiy maʼlumot berish orqali hal qilingan, 1 184 ta 13,5 % (2 197 ta 17,4 %) holatda aholi va tadbirkorlik subyektlariga tushuntirishlar berildi, 19 ta 0,2 % (74 ta 0,6 %) holatda murojaatlar anonim deb topilgan xamda koʻrmasdan qoldirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan jami 2 321 ta (oʻtgan 2021-yilning shu davrida 4 112 ta, farqi 1 791 taga yoki 43,6%ga kamaygan) murojaatlarni masalasi boʻyicha taxlil qilinganda:- uy-joy (orderli va kredit asosida) va yotoqxona ajratish masalasida 1097 ta 47,3% (1532 ta 37,3%);- moddiy yordam ajratish masalasida 526 ta 22,7% (925 ta 22,5 %);- uy-joy qurish uchun yer ajratish masalasida 8 ta 0,3% (106 ta 2,6%);- koʻchalarni taʼmirlash masalasida 312 ta 13,4% (627 ta 15,2%);- tadbirkorlik uchun yer ajratish masalasida 7 ta 0,3 % (146 ta 3,6%);- boshqa turli masalalarda 371 ta 16,0% (776 ta 18,9%) tashkil etdi.Ushbu murojaatlarning sektorlar kesimida tahlil qilinganda;- 1-sektordan 844 ta 36,4% (1238 ta 30,1%);- 2-sektordan 646 ta 27,8% (1134 ta 27,6%);- 3-sektordan 461 ta 19,9 % (920 ta 22,4 %);- 4-sektordan 288 ta 14,2% (676 ta 16,4%)ni tashkil etdi, shuningdek, boshqa shahar va tumanlardan 82 ta 3,5% (144 ta 3,5%) turli murojaatlar kelib tushgan.Mazkur murojaatlarning 53 ta 2,3% (272 ta 6,6%) holatda aholi va tadbirkorlik subyektlariga tushuntirishlar berilgan, 807 ta 34,8 % (1083 ta 26,3%) holatda huquqiy maʼlumot berish orqali hal qilingan,  1442 ta 62,1% (2683 ta 65,2%) holatda ijobiy hal qilindi, 19 ta 0,8%  (74 ta 1,8%) holatda murojaatlar anonim deb topilgan hamda koʻrmasdan qoldirildi.2022 yil mobaynida Fargʻona viloyati hokimligi va boshqa yuqori turuvchi davlat idoralari tomonidan koʻrib chiqish uchun yuborilgan hamda Fargʻona shahar hokimligiga toʻgʻridan-toʻgʻri kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning jami 3 209 ta (oʻtgan 2021-yilning shu davrida 3 890 ta, farqi 681 taga yoki 17,5%ga kamaygan) murojaatlari masalasi boʻyicha taxlil qilinganda:- uy-joy (orderli va kredit asosida) va yotoqxona ajratish masalasida 657 ta 20,5% (1171 ta 31,8%);- moddiy yordam ajratish masalasida 301 ta 9,4 % (153 ta 3,9 %);- uy-joy qurish uchun yer ajratish masalasida 27 ta 0,8% (336 ta 8,6%);- koʻchalarni taʼmirlash masalasida 60 ta 1,9% (105 ta 2,7%);- tadbirkorlik uchun yer ajratish masalasida 17 ta 0,5% (136 ta 3,5%);- qurilish masalasida 49 ta 1,5% (542 ta 13,9%);- tadbirkorlikni rivojlantirish masalasida 54 ta 1,7% (131 ta 3,4%);- ish haqi va ish bilan taʼminlash masalalarida 76 ta 2,4% (124 ta 3,2%);- voyaga yetmaganlar komissiyasiga kelib tushgan 784 ta 24,4% (387 ta 9,9%);- boshqa turli masalalarda 1184 ta 36,9% (805 ta 20,7%)ni tashkil etdi.Ushbu murojaatlarning sektorlar kesimida tahlil qilinganda:- 1-sektordan 1054 ta 32,8% (1147 ta 29,5%);- 2-sektordan 787 ta 24,5% (845 ta 21,7%);- 3-sektordan 842 ta 26,2% (956 ta 24,6 %);- 4-sektordan 495 ta 15,4% (659 ta 16,9%) tashkil etdi, shuningdek, boshqa shahar va tumanlardan 31 ta 1,0 % (283 ta 7,3%) turli murojaatlar kelib tushgan.Mazkur murojaatlarning 1131 ta 35,2% (1925 ta 49,5%) holatda aholi va tadbirkorlik subyektlariga tushuntirishlar berilgan, 725 ta 22,6% (1053 ta 27,1%) holatda huquqiy maʼlumot berish orqali hal qilingan, 1353 ta 42,2% (912 ta 23,4%) holatda ijobiy hal qilindi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 08-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4102-sonli qarori hamda Fargʻona viloyati hokimining 2020-yil 19-dekabr kungi 409-f-sonli farmoyishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 23-iyul kuni “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona shahar Xalq qabulxonasi bilan kelishgan holda Fargʻona shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan jadvallar asosida jismoniy va yuridik shaxslar bilan shahar hududida jami 42 marotaba oʻtkazilgan ommaviy, sayyor va shaxsiy qabullar davomida jami 3 244 (2021-yil davomida 4 613 ta, farqi 1369 taga yoki 29,7%ga kamaygan) murojaat kelib tushdi.Shu oʻrinda qayd etib oʻtish lozimki, qabullar davomida jismoniy va yuridik shaxslarni qiynab kelayotgan 655 ta yoki qarib 20,2 foizga yaqin muammolar joyida (moddiy yordam ajratish, ijara toʻlovlarini toʻlab berish, davolanish uchun mablagʻ ajratish, tavsiya va huquqiy maʼlumot berish hamda h.k yoʻllari orqali) ijobiy hal qilingan.Mazkur murojaatlarni sohalar kesimida tahlil qilinganda:- bank krediti masalasida 94 ta 2,9% (281 ta 6,1%);- ish haqqi va ishga joylashtirish masalasida 129 ta 4,9% (313 ta 6,8%);- moddiy yordam masalasida 736 ta 22,7% (1028 ta 22,3%);- uy-joy olish masalalarida 327 ta 10,1% (1181 ta 25,6%);- uylarni taʼmirlash masalasida 182 ta 5,6% (260 ta 5,6%);- obodonlashtirish masalasida 47 ta 1,4% (89 ta 1,9%);- qurilish masalasida  42 ta 1,3% (253 ta 5,5%);- elektr va gazlashtirish masalalarida 51 ta 1,6% (75 ta 1,6%);- sogʻliqni saqlash masalasida 269 ta 8,3% (101 ta 2,2%);- MFYga oid masalasida 19 ta 0,6% (49 ta 1,1%);- tadbirkorlikni rivojlantirish masalasida 167 ta 5,1% (71 ta 1,5%);- boshqa turli masalalarda 1181 ta 36,4% (912 ta 20,2%)ni tashkil etdi.Ushbu murojaatlarning sektorlar kesimida tahlil qilinganda:- 1-sektordan 1109 ta 34,2 % (1481 ta 32,1%);- 2-sektordan 803 ta 24,8 % (1321 ta 28,6%);- 3-sektordan 792 ta 24,4 % (810 ta 17,6 %);- 4-sektordan 514 ta 15,8% (984 ta 21,3%) ni tashkil etdi, shuningdek, boshqa shahar va tumanlardan 26 ta 0,8% (17 ta 0,4%) turli murojaatlar kelib tushgan.Kelib tushgan jami murojaatlardan 2013 ta 62,1% (1862 ta 40,4%) holatda ijobiy xal etildi, 1231 ta 37,9% (2751 ta 59,6%) holatda huquqiy tushuntirish berish orqali hal qilindi.2022 yil davomida Farg‘ona shahar hokimligi Devonxona bo‘limi tomonidan Kadastr agentligi Farg‘ona shahar bo‘limi, Uy-joy bo‘limi, Maktabgacha ta’lim bo‘limi hamda Mahalla va Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlarida murojaatlar bilan ishlash, ish yuritish va ijro intizomiga rioya qilish holati nazorat tartibida o‘rganib chiqilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan hamda qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va takliflar berilgan.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari ijrosini taʼminlashda hamda muddati oʻtib bajarilgan murojaatlar boʻyicha ijro intizomi qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻyib, oʻz vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan qaragan shahar hokimligi apparatidan 3 nafar xodimga nisbatan “Xayfsan” eʼlon qilindi hamda 1 nafar xodimga nisbatan oylik ish haqqining 20 foizi miqdorida “jarima” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi