Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Soliqchi - koʼmakchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Fargʼona shaxar davlat soliq inspektsiyasi boshligʼining HISOBOTI

×

 2022-12-28 14:00:41    420

PDF yuklash
Chop etish


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida kelgusi 2023 yilda “Soliqchi – koʼmakchi” tamoyili asosida tadbirkorlar uchun xizmatlar kengaytirilishi, tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 105 ta litsenziya va ruxsatnoma turlari bekor qilinishi, 115 tasi boʼyicha esa tartib-qoidalar soddalashtirilishi aytib oʼtildi.

Turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohalariga berilgan imtiyozlar kelgusi yil yakunigacha uzaytirilishi, shuningdek 20 mingta tadbirkorning 400 milliard soʼmlik yer va mol-mulk soligʼini toʼlash muddatini yana bir yilga uzaytirish taklif qilindi.

Аlbatta, berilayotgan soliq imtiyozlari tadbirkorlik subʼektlariga qoʼshimcha imkoniyatlar yaratadi, sohani rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.

Shu oʼrinda tadbirkorlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash maqsadida “Soliqchi-koʼmakchi” tamoyili asosida Fargʼona shaxar davlat soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga toʼxtalib oʼtmoqchiman.

Аyni paytda muntazam ravishda tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar oʼrganilib ijobiy hal etish choralari koʼrilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim boʼlgan qator yoʼnalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar koʼrsatilmoqda.

Xususan, 2022 yil dekabr oyi davomida Fargʼona shaxar DSI tomonidan 797 ta tadbirkorlik subʼektlarini qiynayotgan muammolari oʼrganildi. 

Mazkur jarayon davomida koʼmaklashish zarur boʼlgan 797 ta tadbirkorlik subʼektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qoʼllash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS toʼlovlarini qaytarish, 196 ta korxonaga “E-Ijara” Dasturi orqali ijara shartnomasini tuzish va soliq organlariga bogʼliq boshqa masalalar yuzasidan amaliy yordamlar koʼrsatildi.

2022 yil davomida 10 marotaba shu jumladan 1 marotaba “Oʼzbekiston-24” telekanali, 9 marotaba “Fargʼona telekanali” orqali, 6 marotaba roʼznomalarda, bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqilib, soliq toʼlovchilarga soliq qonunchiligidagi oʼzgarish va qoʼshimchalar targʼibot qilindi, joylarda tadbirkorlik subʼektlari ishtirokida seminarlar oʼtkazildi.

Biz, soliq idoralari xodimlari tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlashga, soliq qonunchiligiga oid zarur yordamlarni koʼrsatishga hamisha tayyormiz. Soliq tizimiga oid qoʼshimcha savollar boʼlsa, ishonch telefonimizga (73-244-68-08) qoʼngʼiroq qilishingiz mumkin. Murojaatingiz qisqa fursatlarda oʼrganib chiqiladi va javob beriladi.

“Davlat soliq xizmati – insofli soliq toʼlovchining ishonchli hamkori” tamoyili doirasida siz bilan hamkorlikka tayyormiz!


Fargʼona shaxar DSI boshligʼi Q.Bekmirzaev