Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Shahrimizda Ichki ishlar organlari xodimlari uchun ham koʼp qavatli uy quriladi

×

 2022-12-23 09:19:58    467

PDF yuklash
Chop etish


M.Gʼolib koʼchasi 1-uyda joylashgan Fargʼona shahar IIO FMBning 2500 metr kvadrat hududiga soha xodimlari uchun 9 qavatli uy-joy qurilishi belgilangan. 


Bugun shahar hokimi Vosiljon Nazarov, shahar IIO FMB boshligʼi Аnvarjon Mirzaev va masʼullar bunyod etilishi rejalashtirilayotgan koʼp qavatli uy-joyning loyihasi bilan yaqindan tanishdilar. Koʼp qavatli uyning atrofida bolalar maydonchasi, dam olish maskani hamda avtoturargoh qurilishi ham belgilangan.


Qurilish ishlari boshlanishidan avval yon hududlardagi koʼp qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan ham suhbatlashildi. Аholi vakillari tomonidan kirish yoʼlini qurish boʼyicha bildirilgan takliflar oʼrganildi. 


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati