Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Oʼzbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida»gi Qonuniga kiritilgan oʼzgarishlar

×

 2022-12-19 15:47:16    291

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda pensionerlarni ijtimoiy koʼllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, qariyalar va keksa yoshdagilarga har tomonlama gʼamxoʼrlik qilish, fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimini takomillashtirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Soʼnggi yillarda mamlakatimizda inson qadrini ulugʼlashga yoʼnaltirilgan ijtimoiy ximoya siyosati doirasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar doirasida ppensiya tizimini takomillashtirishga, pensiya miqdorini muntazam ravishda oshirib borishda alohida ahamiyat qaratilmoqda.Ushbu islohotlar doirasida pensiya tizimini takomillashtirishga, pensiyalar miqdorini muntazam oshirib borishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasining 2022 yil 19 sentyabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunuiga oʼzgartirish kiritish haqidagi OʼRQ-791-sonli qonunida fuqarolarning ovoragarchiligini bartaraf etish, byurokratik toʼsiqlarni qisqartirish, shuningdek qonunchilik bazasini takomillashtirish maqsadida fuqaroning 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davr uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanishi, pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga koʼra roʼyxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʼyicha tayinlanishi va toʼlanishi, uch yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiyalarning tekshirilishiga yoʼl qoʼyilmasligi hamda ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash taʼtilida boʼlish vaqtidagi qoʼshib hisoblanadigan ish staji davri ikki barobarga, yaʼni uch yildan olti yilga oshirilganligi pensiya tizimi islohotidagi muhim qadamlar boʼldi.Shu bilan birga, Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida davlat pensiya taʼminoti tizimini takomillashtirish hamda fuqarolarning pensiya miqdorlari mamlakatning iqtisodiy koʼrsatkichlariga muvofiq izchil oshirib borilishini taʼminlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.Ushbu Qonunda yoshga doir, nogironlik hamda boquvchisini yoʼqotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan oʼrtacha oylik ish haqining eng koʼp miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʼn barobaridan oʼn ikki barobarigacha oshirish nazarda tutilmoqda. Yangi tartibga asosan, pensiya tayinlashda hisobga olingan oʼrtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln 240 ming soʼmdan yuqori boʼlgan pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitov qilib chiqiladi. Ushbu qayta hisob-kitob qilingan pensionerlarning pensiyalari 2023 yil 1 yanvardan boshlab toʼlab beriladi. 

M.Topvoldiev,Pensiya jamgʼarmasi Fargʼona shahar boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari.