Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Hurmatli shahrimiz fuqarolari hamda mehmonlari!!!

 2022-12-19 11:02:43    190

PDF yuklash
Chop etish


Agarda yashash uyingizda tabiiy gazning hidini sezib qolsangiz zudlik bilan quyidagilarni amalga oshirishingizni so‘rab qolamiz:


- zudlik bilan eshik va derazalarni ochib xonani shamollating, gaz plitalari va isitish pechlarini gaz tarmog‘idan o‘chiring;

- xonada elektr jihozlarni yoqmang, yoniq bo‘lsa o‘chirmang, xonada uchqun chiqaruvchi jihozlardan foydalanmang;

- 104 telefon raqami orqali shahar gazlashtirish idoralari avariya-ta’mirlash guruxiga xabar bering.

Hurmatli fuqarolar, ko‘zimizga arzimas ko‘ringan sabablar ham nohush holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini aslo unutmang. Aholini tabiiy va is gazidan zaharlanishini, yong‘in, chaqnash holatlarini oldini olish tadbirlari nafaqat mutasaddi tashkilotlar tomonidan, balki har bir xonadon egalari va barcha fuqarolar tomonidan amalga oshirilishi zarurdir.Aziz yurtdoshlar, barchangizni yuqorida aytib o‘tilgan tadbirlarida ogohlik va faollikka chaqiramiz.


O.Xodjayev. Farg‘ona shahar huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, xarbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalar guruhi rahbari 

 
kapitan A.Apponov Farg‘ona shahar FVB xodimi