Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼona shahridagi “Saxovat” keksalar va nogironligi boʼlgan shaxslar uchun internat uyida monitoring tashrifi amalga oshirildi
2022-12-18 21:19:45 311
Аniqlanishicha, ushbu “Saxovat uyi”da jami 148 nafar fuqarolarga xizmat koʼrsatiladi. Аsosan qaramogʼida xech kimi yoʼq yolgʼiz, nogironligi boʼlgan bemorlar yashab, davolanadi. Ulardan ayollar 47 nafar, erkaklar 101 nafarni tashkil qiladi. “Saxovat uyi”dagi fuqarolardan I-guruh nogironlari 18 nafar, II-guruh nogironlari 21 nafar, bolalikdan nogiron boʼlganlar 19 nafar, oʼzgalar parvarishiga muxtojlar(yurolmaydiganlar) 54 nafar, yordamchi vositalar bilan yuruvchilar 37 nafar, oʼzgalar parvarishiga muxtoj boʼlmaganlar 57 nafardan iborat.
Shulardan oʼzbeklar 71, ruslar 45, qozoqlar 3, tatarlar 18, boshqa millatlardan yashab davolanayotganlar 11 nafar boʼlib, ushbu bemorlarga jami 94 nafar xodimlar, yaʼni 8 nafar shifokor, 39 nafar hamshira va 47 nafar oʼrta tibbiyot xodimlari xizmat koʼrsatadilar.
Monitoring jarayonida “Saxovat uyi”dagi bemorlarga yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat taʼminoti, davolanayotgan bemorlarning tibbiy holati oʼrganildi. Davolanayotgan bemorlarning 18 nafari bilan ommaviy, 2 nafari bilan yakkama-yakka uchrashib, suxbat oʼtkazildi.
Suxbat jarayonida bemor N.Аxunov 22.04.2019 yildan va N.Glebova 29.03.2018 yildan beri yashab, davolanib kelishayotganini maʼlum qilishdi. Oʼtkazilgan suxbatda ularga oʼz vaqtida kerakli muolajalar oʼtkazilayotganligi, tibbiy xizmatdan eʼtirozlari yoʼqligi, oziq-ovqat taʼminotidan xam shikoyatlari yoʼqligini bildirdilar.
Shuningdek, bemor O.Zыkov bilan oʼtkazilgan suxbatda u 1953 yilda tugʼilgani, unga onasi L.Zыkova oʼziga tegishli boʼlgan Yangier shahar, Meliorativ koʼchasi, 51-uy, 15-xonadonni 2007 yilda meros sifatida notarius orqali rasmiylashtirib bergani, 2009 yildan 2018 yilgacha sodir qilgan jinoyati uchun jazoni oʼtab kelganidan soʼng ushbu xonadonda boshqalar yashab kelayotganini bilgani, oʼziga tegishli boʼlgan mulkni qonun talablari asosida qaytarilishida amaliy yordam berishni soʼradi. Fuqaro O.Zыkovdan ushbu masalaga tegishli boʼlgan mavjud xujjatlar olinib, Ombudsmanning Sirdaryo viloyati mintaqaviy vakiliga yuborildi. Murojaatni qonun asosida xal qilish, koʼrib chiqish natijalari xaqida muallifga javob yuborish soʼraldi. “Saxovat uyi”dagi oshxona koʼzdan kechirilganda belgilangan menyularga asosan taomlar tayyorlanib, oziq-ovqat maxsulotlari toʼliq va taomnomaga mos ravishda 5 mahal berilayotganligi maʼlum boʼldi.
Monitoring oʼrganishlari davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha tavsiyalar berildi.
А.Kamilov,Ombudsmanning Fargʼona viloyati mintaqaviy vakili.