Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

SHАHRIMIZDАGI TOʼRTTА MАHАLLАDА SPORT MАYDONCHАLАRI QURILАDI

×

 2022-12-12 23:32:07    257

PDF yuklash
Chop etish


"Tashabbusli byudjet" loyihasining 2-bosqichida shahrimiz yoshlari ham faol ishtirok etishdi. Loyiha doirasida Yoshlar ishlari agentligi Fargʼona shahar boʼlimi yetakchilari tomonidan shahardagi Navbahor, Doʼstlik, S.Temur hamda Shakarqishloq MFYlarida yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, ommaviy sportni keng rivojlantirish maqsadida sport maydonchalarini qurish takliflari ilgari surildi.


Tanlovga qoʼyilgan takliflar yoshlar tomonidan qoʼllab-quvvatlandi hamda komissiya bayoni qarori bilan yuqoridagi loyihalar gʼolib deb topilgandi. Bugun esa yoshlarimizning orzulari ushalmoqda.


Аyni kunlarda "Doʼstlik" mahalla fuqarolar yigʼinidagi mini futbol maydonchasining qurilish ishlari boshlandi. Sport maydonchasi tez kunlarda sportsevar yoshlar ixtiyoriga topshiriladi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati