Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 89 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

SАVDO YARMАRKАLАRIDА 30 TUR YAQIN MАHSULOTLАR SOTILMOQDА

×

 2022-12-09 15:30:32    188

PDF yuklash
Chop etish


Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan Fargʼona shahar Markaziy dehqon bozorida 1 dekabrdan buyon oziq-ovqat mahsulotlari sotishga moʼljallangan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi ish boshlagan. Fargʼona shahar hokimligi va shahar iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida tashkil etilgan yarmarka faoliyati nazoratga olingan.


Savdo yarmarkasida 30 turga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari arzon narhlarda sotilmoqda. Yarmarka 15 yanvargacha davom etadi. Shuningdek, aholiga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida shahar madaniyat boʼlimi xodimlari tomonidan bozorning old maydonida kontsert dasturlari ham namoyish etilishi belgilangan. 


Quvonarlisi, savdo yarmarkalarida shahrimizning fermer xoʼjaliklari oʼzlari yetishtirgan qishloq xoʼjaligi mahsulotlari hamda tadbirkorlarimiz oʼzlari ishlab chiqargan mahsulotlarni aholi dasturxonlariga arzon narxlarda taqdim etmoqdalar.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati