Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Is gazidan saqlanish boʼyicha targʼibot tadbirlari davom etmoqda

×

 2022-12-01 21:43:58    230

PDF yuklash
Chop etish


Аvval xabar berganimizdek, shahrimizdagi sektor rahbarlari tomonidan mahalla xodimlariga oʼz hududlarida yongʼinga qarshi kurashish va is gazidan saqlanish boʼyicha targʼibot tadbirlarini oʼtkazish yuzasidan tavsiyalar berilgan edi. 


Аyni kunlarda barcha mahalla fuqarolar yigʼinlari, korxona va tashkilotlarda targʼibot tadbirlari oʼtkazilmoqda. Jumladan, "Surxtepa" mahalla fuqarolar yigʼinida shahar favqulodda vaziyatlar boʼlimi hamda mahalla xodimlari tomonidan Surxtepa va Kosmonavt koʼchalarida ana shunday tadbir oʼtkazildi.


Targʼibot tadbiri ishtirokchilari tomonidan hududdagi boʼsh turgan yer maydonlariga "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt koʼchatlari ham ekildi. 


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati