Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʼonada “Besh tashabbus” olimpiadasi ikkinchi mavsumi shahar bosqichi gʼoliblarini taqdirlash tadbiri boʼlib oʼtdi

×

 2022-12-01 21:38:21    252

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Fargʼona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-kontsert saroyida “Besh tashabbus” olimpiadasi ikkinchi mavsumi shahar bosqichi gʼoliblarini taqdirlash tadbiri boʼlib oʼtdi.


Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar.


“Besh tashabbus” olimpiadasi ikkinchi mavsumi shahar bosqichi gʼolibi va sovrindorlari boʼlgan 190 nafar yoshlar diplom va sovgʼalar bilan taqdirlandilar.


Shuningdek, Fargʼona shahrida yashovchi 150 nafar yoshga oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olish boʼyicha toʼlov-kontrakt uchun, 50 nafar yoshga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat toʼlovi uchun, 178 nafar yigit-qizga zamonaviy “Kelajak kasblari”ga oʼqitish uchun subsidiya ajratilgan sertifikatlar ham topshirildi.


Tadbir taniqli sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʼshiqlar bilan davom etdi.