Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Navbatdagi qabul Qirguli mavzeida oʼtkazildi
2022-12-01 21:33:02 256
Bugun shahar hokimligi tomonidan tashkillangan sayyor qabulda Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari, fuqarolik ishlari boʼyicha Fargʼona tumanlararo sudi raisi Ulugʼbek Oripov va maʼmuriy ishlar boʼyicha sud raisi Solijon Qurbonov, majburiy ijro byurosi vakillari hamda hokim oʼrinbosarlari ishtirok etishdi.
Qirguli mavzeidagi 2-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining faollar zalida 80 nafarga yaqin murojaatlar masʼul rahbarlar ishtirokida oʼrganildi. Yigirma nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlar ijobiy hal qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarni oʼrganish va natijasi boʼyicha mualliflarga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va boʼlimlarga tegishli topshiriqlar berildi. Qabul soʼngida oʼtgan hafta davomida tushgan murojaatlarning oʼrganilganlik holati hamda ijobiy hal etilishi boʼyicha tanqidiy tahlil qilindi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati