Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Аliment undiruvi dolzarb 10 kunligi” doirasida Fargʼona shahridagi “Mono markaz"da ommaviy sayyor qabul va mehnat yarmarkasi tashkil etildi

×

 2022-11-24 09:08:10    40

PDF yuklash
Chop etish


Xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga koʼtarish hamda ayollarning jamiyatdagi oʼrnini yanada oshirish maqsadida Majburiy ijro byurosining Fargʼona viloyat boshqarmasi organlari tomonidan tizimli ishlar tashkil qilib kelinmoqda. Byuroning Fargʼona viloyat boshqarmasi tomonidan “Аliment undiruvi dolzarb 10 kunligi” doirasida Byuroning Fargʼona shahar boʼlimi tomonidan ommaviy sayyor qabul va mehnat yarmarkasi tashkil etildi.


Tadbir davomida aliment toʼlash majburiyatini olgan qarzdorlar bilan suhbatlar oʼtkazildi. Natijada ajrim yoqasiga kelib qolgan 17 nafar ajrashgan oilalar yarashtirildi, 23 nafardan ortiq voyaga yetmagan farzandlar oʼz ota-onasi bagʼriga qaytarildi.


Shuningdek, 137 nafar otalik majburiyatini bajarmay, aliment pullarini toʼlashdan boʼyin tovlab kelayotgan otalardan ijro hujjatlari boʼyicha 241,9 mln. soʼm aliment pullari undirilishiga erishildi hamda kelgusida aliment pullari belgilangan muddatda toʼlanmagan taqdirda qonunda belgilangan choralar koʼrilishi xaqida qatʼiy ogohlantirilishlar berildi.


Sayyor qabul davomida jami 37 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. 31 ta murojaatning joyida hal etilishi taʼminlandi. Murojaatchilarning 4 nafariga huquqiy tushuntirish berildi. 2 nafar fuqaraolarning murojaatlari qoʼshimcha oʼrganish talab etilganligi uchun koʼrib chiqish uchun muddat berildi.


"Mehnat yarmarkasi”da Fargʼona shahrida faoliyat koʼrsatayotgan 30 yaqin korxona va tashkilotlar boʼsh ish oʼrinlari bilan ishtirok etishdi. 22 nafar qarzdorlar ishga joylashtirildi va aliment undiruvi qarzdorlarning oylik ish haqqilariga qaratildi. 

Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati