Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Аliment ishlarida oilalarning yarashtirilishi muhim jarayon!
2022-11-21 20:28:40 528
Byuroning Fargʼona shahar boʼlimi tomonidan 2022 yil noyabrь oyining uchinchi haftasi "Аliment qarzdorligini kamaytirish va voyaga yetmagan farzandlar huquqini mustahkamlash haftaligi" deb eʼlon qilindi.
Tabdir davomida otalik majburiyatini bajarmay, boʼyin tovlab kelayotgan 4 nafar 45.0 mln. soʼm qarzi mavjud boʼlgan qarzdorlar sudning qarorlariga asosan maʼmuriy qamoq bilan jazolandi.
Аlimentdan boʼlgan 16 nafar qarzdorlardan 69,0 mln. soʼmdan ortiq aliment pullarini undirib berildi. Quvonarlisi shundaki, mahalla nuroniylari bilan birgalikda kelisholmay yurgan oilalarni tiklash, farzandlarni oʼz ota-onasi bagʼrida maʼnaviy va moddiy tomondan yetuk boʼlib oʼsishi uchun olib borilgan targʼibot va tushuntirishlar natijasida 35 nafardan ziyod qarzdorlar oʼz oilasini tiklanishida faollik koʼrsatdi hamda 47 nafar farzandlarni ota ona bagʼriga qaytarilishiga erishildi.
Mazkur tabdirlar har bir mahallada davom etmoqda.
MIB Fargʼona shahar boʼlimi.