Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʼona shahrida 6 nafar yetim va ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan yoshlar oʼz kvartiralariga ega boʼldilar

×

 2022-11-19 20:44:45    515

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Fargʼona shahrida 6 nafar yetim va ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan yoshlarga ajratilgan xonadonlarning kalitlarini topshirdi.


Davlatimiz rahbari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarning huquq va erkinliklarini roʼyobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Oʼtgan yili viloyatimiz boʼylab 18 yoshga toʼlgan 29 nafar yetim va ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan yoshlarga koʼp kvartirali uy-joylardan kvartira taqdim etilgan boʼlsa, bu yil 17 nafar yigit-qiz taʼmirlangan va toʼla jihozlangan uy-joylar egasiga aylanishmoqda. Ushbu maqsad uchun Prezidentimiz koʼrsatmasi bilan respublika byudjeti mablagʼlaridan 2 milliard 412 million soʼm uy-joylar sotib olishga ajratilgan boʼlsa, taʼmirlash va jihozlash ishlari mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan qismidan mablagʼ sarflandi.


Bugun Fargʼona shahrida 6 nafar yoshlar – Erika Ribalko, Аlina Kabilova, Madina Аtaeva, Nozimaxon Ergasheva, Аkbarxon Karimov va Umid Shermatov oʼz nomlariga rasmiylashtirilgan kvartiralar kalitlarini viloyat hokimi qoʼlidan qabul qilib oldilar. Ularning barchasi doimiy ish oʼrniga ham ega boʼldilar.


Joriy yil yakuniga qadar viloyatimizda yana 11 nafar – Margʼilonda 6 nafar, Oʼzbekiston tumanida 2 nafar, Furqat tumanida 2 nafar va Buvayda tumanida 1 nafar yetim va ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan yoshlar uy-joy bilan taʼminlanadi. 


Viloyat hokimi bilan muloqot qilgan yoshlar, Prezidentimizga cheksiz minnatdorchiliklarini izhor etib, kelajakda el-yurtga sadoqat bilan xizmat qiladigan insonlar boʼlishga vaʼda berdilar.