Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Ekoshahardagi “Yangi Oʼzbekiston” bogʼida ommaviy koʼchat ekish tadbiri boʼlib oʼtdi

×

 2022-11-19 20:42:29    221

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Fargʼona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahardagi “Yangi Oʼzbekiston” bogʼida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy koʼchat ekish tadbiri boʼlib oʼtdi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat tashkilot va idoralari rahbarlari, yoshlar, jamoatchilik vakillari, ekologiya hamda obodonlashtirish sohasi xodimlari ishtirok etdilar.
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yurtimizda keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuz mavsumida viloyatimizda 5 million 747 ming dona koʼchat ekish belgilangan boʼlib, hozirgi kunga qadar 4 million 437 ming dona koʼchat ekilishi taʼminlandi. 


Viloyat boʼylab avtomobilь yoʼllari yoqasiga, dala maydonlari chetlariga, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish obʼektlari, mahallalar, ijtimoiy muassasalar hududlariga manzarali va mevali koʼchatlar oʼtqazildi. Viloyatimizning 19 ta shahar va tumanlarida 40 ta yashil bogʼlar tashkil etildi. Rejalashtirilgan koʼchat ekish tadbirlari 1 dekabrga toʼla yakunlanadi.