Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash masalalariga bagʼishlangan seminar boʼlib oʼtdi
2022-11-19 20:38:53 281
Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish masalalariga bagʼishlangan oʼquv seminari tashkil etildi.
Viloyat hokimining oʼrinbosarlari, guruh va kotibiyat mudirlari, apparat xodimlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari vakillari ishtirokida shahar-tumanlar hokimliklari bilan videokonferentsaloqa shaklida oʼtgan seminarda dastlab Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi masʼul xodimi Oʼktam Hamraevning maʼruzasi eshitildi. Davlat fuqarolik xizmatchilari oʼrtasidagi oʼzaro axloqiy munosabatlar, davlat fuqarolik xizmatchilarining ishchanlik obroʼsi va xizmatning nufuziga putur yetkazishi mumkin boʼlgan harakatlar yoki harakatsizlik, xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqaridagi xulq-atvorning asosiy qoidalari haqida batafsil tushuncha berildi.