Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xalq deputatlari Fargʼona shahar Kengashining oltinchi chaqiriq yetmish beshinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi

×

 2022-11-19 20:33:09    173

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi sessiyada hokim oʼrinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga dahldor tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yigʼinlari raislari ishtirok etdi.


Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʼrib chiqildi:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 yanvardagi «Аholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PF-5633-sonli Farmoni, 2019 yil 8 yanvardagi «Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PQ-4102-sonli qarori ijrosi boʼyicha 3-chorakda sektorlar kesimida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan masʼullarning hisoboti.


Shaharda mahalliy byudjet daromadlarini bajarilishi holati, qoʼshimcha rezervlarni aniqlash boʼyicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlar kesimida byudjetga va amalda toʼlanganligi, ular boʼyicha soliq qarzdorligi yuzasidan shahar davlat soliq inspektsiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti.


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PQ-408-sonli qarorining ijrosi toʼgʼrisida.


Shahardagi koʼp qavatli uy-joylarni qishga tayyorgarligi hamda suv, gaz, elektr bilan taʼminlanganligi yuzasidan Fargʼona shahar Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish boʼlimi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti.


Shaharda 2022 yil 9 oyi mobaynida investitsiyalar jalb qilish va investitsiya loyihalarini bajarilishi toʼgʼrisida.


Shaharda 9 oy davomida yangi ish oʼrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash borasida shahar Bandlikka koʼmaklashish markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti.


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi «2030 yilgacha boʼlgan davrda Oʼzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi PF-5863-sonli hamda 2021 yil 30 dekabrdagi «Respublikada koʼkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PF-46-sonli Farmonlarini ijrosi bajarilishi yuzasidan shaharda 2022 yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar haqida shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasining hisoboti toʼgʼrisida.


"Saxovat va koʼmak" jamgʼarmasidan mablagʼ ajratish toʼgʼrisida"gi masalalar koʼrib chiqildi.


Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan soʼng qaror loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati