Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi qabul qilinganligining 31 yilligi Fargʼonada katta tantana qilindi
2022-11-19 20:25:05 290
Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Fargʼona shahrida viloyat hokimligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi, Sharqiy harbiy okrug qoʼshinlari qoʼmondonligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Oʼzbekiston mudofasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida tantanali tadbir tashkil etildi.
Dastlab al-Fargʼoniy koʼchasidan hajmi 1100 kv.m. boʼlgan ulkan bayroq askarlar koʼmagida keng yoyilib orkestr joʼrligida Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va kontsert saroyigacha boʼlgan masofaga olib borildi. Ushbu jarayonni shahrimiz aholisi va mehmonlari, keksa-yu yosh zavq bilan, vatanparvarlik hissi yanada joʼsh urgan holda kuzatdilar.
Viloyat teatr va kontsert saroyining old sahnasida bayramning rasmiy qismi boʼlib oʼtdi. Tadbirda soʼz olgan fargʼonalik ijodkor va tarixchilar, jamoatchilik vakillari xalqaro maydonda mamlakatimizning kuch-qudrati, mustaqillik ramzi boʼlgan bayroq davlatchiligimiz tarixining barcha davrlarida ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, gʼalaba timsoli boʼlganiga yigʼilganlar etiborini qaratdilar. Shuningdek, davlatimiz bayrogʼidagi ranglar ifodasi, navqiron yarim oy va 12 yulduz tasvirlari, ularning mazmun-mohiyati haqida atroflicha toʼxtalib oʼtildi.
Yosh sanʼatkorlar ishtirokidagi kontsert dasturi esa barchaga bayramona koʼtarinkilik bagʼishladi.