Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘onada shifokorlar ishtirokida yig‘ilish tashkil qilindi
2022-11-19 20:11:10 242
Farg‘ona shahar Ko‘p tarmoqli poliklinikasida shahar hududidagi barcha davolash profilaktika muassasalari bosh shifokorlari ishtirokida “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son farmoni ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan har bir muassasa kesimida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ahvoli atroflicha muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, yig‘ilishda o‘tgan davr mobaynida tilga katta e’tibor qaratilgan holda uning mavqeini oshirish, sofligini saqlash, bu boradagi qonunchiligimizning ma’no-mazmunini aholi onggiga singdirish yo‘lida talaygina ishlar amalga oshirilayotganligi ta'kidlab o‘tildi.
S.Tongotarova, Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi