Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼonada “Yil ayoli” respublika tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi
2022-11-17 10:09:02 218
Bugun Fargʼona shahrida “Yil ayoli” respublika milliy tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi. Unda viloyat hokimining oʼrinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʼi Komila Kavlonova ishtirok etdi.
Ochilish marosimida 19 ta shahar-tuman bosqichlarida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan 152 nafar ishtirokchilar viloyat bosqichiga yetib kelgani maʼlum qilindi.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qoʼshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat boʼlish bilan birga oʼzi faoliyat koʼrsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʼlgan ayollarni qoʼllab-quvvatlash, ragʼbatlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilgʼor tajribalarni ommalashtirish tanlovning asosiy maqsadi ekanligi aytib oʼtildi.