Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 99 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Qarzdor soliq qarzini toʼlamagani uchun texnikasi xatlanib, jarima maydoniga olib kirildi

×

 2022-11-16 09:47:31    289

PDF yuklash
Chop etish


Byuroning Fargʼona shahar boʼlimi ish yurituvida boʼlgan Fargʼona viloyat Davlat soliq boshqarmasining 27.05.2022 yilgi qarorlariga asosan qarzdor "FARG'ONA KO'PRIKLARDAN FOYDALANISH" unitar korxonasidan DSI foydasiga 422.653.626 soʼm soliq qarzi undirish toʼgʼrisidagi ijro hujjati boʼyicha davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga sud qarorini ijrosini taʼminlash yuzasidan ixtiyoriy muddat berilgan.


Lekin, qarzdor ixtiyoriy muddat ichida sud qarorini ijrosini taʼminlash chorasini koʼrmaganligi bois, 14.11.2022 yil kuni majburiy ijro harakatlari oʼtkazilib qarzdorga tegishli boʼlgan, balans qiymati 334.175.138 soʼmni tashkil qilgan DFZ 5251 GJBA1 rusumli yuk mashinasi roʼyxatga olinib xatlangan va jarima maydoniga olib kirilgan.


Hozirda ushbu xatlangan mulkni auktsion savdolarga qoʼyish choralari koʼrilmoqda.


MIB Fargʼona shahar boʼlimi