Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼonada Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichi boʼlib oʼtmoqda
2022-11-15 15:55:28 396
Bugun Fargʼona shahrida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi. Ochilish marosimida viloyat hokimining oʼrinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʼi Komila Kavlonova ishtirok etdi.
Tadbirda isteʼdodli qizlarni tanlash va ularning iqtidorini roʼyobga chiqarishda, ijodkor, sanʼatsevar, olima, oqila, shoira, sportchi qizlar safini kengayib borishida mazkur tanlov muhim oʼrin tutayotgani qayd etildi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun 7 ta yoʼnalishda yutuqlarga erishgan oʼn toʼrt yoshga toʼlgan va oʼttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlar qatnashish xuquqiga ega ekanligi yana bir bor taʼkidlandi. Tanlovning 19 ta shahar-tuman bosqichida ishtirok etgan 687 nafar iqtidorli qizlar orasidan 121 nafari viloyat bosqichiga yetib kelgani maʼlum qilindi.
Ishtirokchilarning ijodiy ishlari, siyosiy-ijtimoiy bilimlari, urf-odatlar, milliy qadriyatlarni bilishi, koʼrik-tanlovlardagi ishtiroki, isteʼdodini bir necha yoʼnalishlarda koʼrsata olganligini oʼrganish uchun oʼz sohasini bilimdoni boʼlgan tanlov komissiyasi aʼzolari tanishtirib oʼtildi.
Shundan soʼng nomzodlar adabiyot, sanʼat, fan, taʼlim, madaniyat, sport va jamoatchilik yoʼnalishlarida oʼz imkoniyatlarini namoyon etishga kirishdilar. Belgilangan tartibga koʼra, yakunda tanlov komissiyasi aʼzolari Respublika komissiyasiga eng munosib 21 nafar nomzodni tavsiya etadilar.
Maʼlumot oʼrnida: bugungi kunda viloyatimizda 28 nafar iqtidorli qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari boʼlishgan.