Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Navbatdagi sayyor qabulda 20 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi
2022-11-09 18:39:23 309
Bugun Fargʼona shahar hokimligi tomonidan 3-sonli musiqa va sanʼat maktabida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul oʼtkazildi. Qabul jarayonida Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari va hokim oʼrinbosarlari ham ishtirok etishdi. Qabul davomida 80 nafarga yaqin jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan murojaatlar, masʼul rahbarlar ishtirokida oʼrganildi. 20 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijobiy hal qilindi. Kelib tushgan murojaatlar boʼyicha belgilangan tartibda oʼrganib chiqish va natijasi boʼyicha mualliflarga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va boʼlimlarga tegishli topshiriqlar berildi. Qabul soʼngida fuqarolarning murojaatlari boʼyicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Murojaatlarga befarq boʼlayotgan rahbarlarga ogohlantirish berildi. Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati