Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg'onada Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri raisligida yig'ilish bo'lib o'tdi
2022-11-09 18:37:43 486
Ahmad Farg'oniy nomidagi axborot-kutubxona markazida tuman (shahar) hokimlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchilari ishtirokida yig'ilish tashkil qilindi. Mazkur yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri S.S.Shukurov qatnashib, "Davlat tili haqida"gi hamda "Geografik obyektlarning nomlari to'g'risida"gi Qonunlarning ijrosini ta'minlash yuzasidan hududlarda olib borilishi lozim bo'lgan vazifalarni belgilab berdi. Yig‘ilish so’nggida tuman, shahar hokimlarining maslahatchilari uchun "Til, dunyoqarash va layoqat" mavzusida maxsus seminar-trening tashkil qilindi. F.Mamajonov, Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi