Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

PENSIYA TАЪMINOTIGА DOIR YANGILIKLАR

 2022-10-27 15:38:47    273

PDF yuklash
Chop etish


Savol: Oxirgi 5-6 yil davomida pensiya taʼminoti boʼyicha kuplab qaror va farmonlar qabul qilinyapti. OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI PREZIDENTINING 2021 YIL 4 MАYDАGI 5102 SONLI “FUQАROLАRGА DАVLАT PENSIYaLАRINI TАYINLАSh JАRАYoNINI SODDАLАShTIRISh HАMDА PENSIYa VА NАFАQАLАRNI YeTKАZISh TIZIMINI YaNАDА TАKOMILLАShTIRISh ChORА-TАDBIRLАRI TOʼGʼRISIDА”-GI QАRORI MАZMUN MOHIYaTI HАQIDА BYuDJETDАN TАShQАRI PENSIYa JАMGʼАRMАSI FАRGʼONА ShАHАR BOʼLIMI BOShLIGʼI OʼRINBOSАRI MАXSUDАLI TOPVOLDIEV USMONАLIEVICh QUYIDАGIChА JАVOB OLDIK:


Mamlakatimizda pensionerlarni ijtimoiy koʼllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, qariyalar va keksa yoshdagilarga har tomonlama gʼamxoʼrlik qilish, fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimini takomillashtirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda davlat pensiyalarini tayinlashda 30 turdagi hujjat talab etiladi hamda ularni taqdim etishga masʼul 14 dan ortiq vazirlik va tashkilotlarda idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va maʼlumotlar bazalari mavjud emasligi qogʼoz shaklida ish yuritishdan voz kechish va hujjatlarni yigʼish jarayonini raqamlashtirishga toʼsqinlik qilib kelmoqda. 

Davlat pensiyalarini hisoblash uchun zarur maʼlumotlar elektron bazasini shakllantirish, ushbu jarayonni soddalashtirish, fuqarolarning ovoragarchiliklarini bartaraf etish, pensiya va nafaqalarni yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, mazkur yoʼnalishda sogʼlom raqobat muhiti va zamonaviy standartlarni joriy etish maqsadida, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berildi:

a) 2022 yil 1 yanvardan boshlab:Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasi tomonidan moliyalashtiriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʼlovlarni toʼlash har uch yilda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʼyicha alohida oʼtkaziladigan tender asosida tanlangan tijorat banki va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, tender asosida tanlangan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq pensiya va nafaqalarni naqd pulda mahalla fuqarolar yigʼinlariga, fuqarolarning yashash manzillariga yetkazib berish majburiyati yuklatiladi;

Tanlovda ishtirok etadigan tijorat banklari va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan pensiya va nafaqalarni mahalla fuqarolar yigʼini binosi yoki fuqaroning yashash manziliga yetkazib berish shartlaridan kelib chiqib, xizmat haqi pensiya va nafaqalar toʼlanadigan (etkazib beriladigan) summaning 1 foizi miqdorida boʼlishi mumkin. Bunda, pensiya va nafaqalarni yetkazib berish bilan bogʼliq xarajatlar Pensiya jamgʼarmasi va Oʼzbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan toʼlab beriladi. 

b) 2023 yil 1 yanvardan boshlab:davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy taʼlim muassasalaridagi oʼqish hamda harbiy xizmat davri toʼgʼrisidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi. Bunda, pensiyaga chiqish huquqi paydo boʼlgan chogʼida ishlamaydigan fuqarolarga oʼzlarining mehnat daftarchalaridagi mehnat staji toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni Bandlikka koʼmaklashish markazlariga murojaat qilish orqali «Yagona mehnat milliy tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish xizmati joriy etiladi;

Davlat pensiyalarini tayinlash «Yagona mehnat milliy tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilgan elektron maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi. Bunda, mehnat staji, ish haqi, oliy taʼlim muassasalaridagi oʼqish hamda harbiy xizmat davri toʼgʼrisidagi hujjatlar Pensiya jamgʼarmasi tomonidan «Yagona mehnat milliy tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda elektron maʼlumotlar almashinuvi asosida olinadi;

Davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi.