Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PENSIYA TАЪMINOTIGА DOIR YANGILIKLАR
2022-10-27 15:31:12 312
Savol: Pensiya taʼminotidagi eng soʼnggi oʼzgarishlar va 19.09.2022 yildagi OʼRQ-791-Qonuniga asosan 2023 yil 1 yanvardan kimlarning pensiyalari oshiriladi.
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSINING QONUNI 2022 YIL 19 SENTYaBRDАGI OʼRQ-791-SONLI «FUQАROLАRNING DАVLАT PENSIYa TАЪMINOTI TOʼGʼRISIDА»GI OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI QONUNIGА OʼZGАRTIShLАR KIRITISh HАQIDА-GI QАRORI MАZMUN MOHIYaTI HАQIDА BYuDJETDАN TАShQАRI PENSIYa JАMGʼАRMАSI FАRGʼONА ShАHАR BOʼLIMI BOShLIGʼI OʼRINBOSАRI MАXSUDАLI TOPVOLDIEV USMONАLIEVICh QUYIDАGIChА JАVOB OLDIK:
Mamlakatimizda pensionerlarni ijtimoiy koʼllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, qariyalar va keksa yoshdagilarga har tomonlama gʼamxoʼrlik qilish, fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimini takomillashtirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Soʼnggi yillarda mamlakatimizda inson qadrini ulugʼlashga yoʼnaltirilgan ijtimoiy himoya siyosati doirasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu islohotlar doirasida pensiya tizimini takomillashtirishga, pensiyalar miqdorini muntazam oshirib borishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, fuqarolarning ovoragarchiligini bartaraf etish, byurokratik toʼsiqlarni qisqartirish, shuningdek qonunchilik bazasini takomillashtirish maqsadida fuqaroning 2005 yil 1 yanvardan avvalgi davr uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanishi, pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga koʼra roʼyxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʼyicha tayinlanishi va toʼlanishi, uch yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiyalarning tekshirilishiga yoʼl qoʼyilmasligi hamda ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash taʼtilida boʼlish vaqtidagi qoʼshib hisoblanadigan ish staji davri ikki barobarga, yaʼni uch yildan olti yilga oshirilganligi pensiya tizimi islohotidagi muhim qadamlar boʼldi.
Shu bilan birga, Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida davlat pensiya taʼminoti tizimini takomillashtirish hamda fuqarolarning pensiya miqdorlari mamlakatning iqtisodiy koʼrsatkichlariga muvofiq izchil oshirib borilishini taʼminlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Ushbu Qonunda yoshga doir, nogironlik hamda boquvchisini yoʼqotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan oʼrtacha oylik ish haqining eng koʼp miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʼn barobaridan oʼn ikki barobarigacha oshirish nazarda tutilmoqda.
Qonunda taklif etilayotgan yangi normalar pensionerlarning moddiy farovonligini yanada oshirishga va ijtimoiy adolat printsiplarini mustahkamlashga xizmat qiladi.