Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xotin-qizlarning doimiy daromadga ega boʼlishlarini taʼminlash maqsadida ularga tikuv mashinalari topshirildi
2022-10-27 00:04:07 356
Fargʼona shahrida fuqarolarning doimiy ish bilan band, daromad manbaiga ega boʼlishlari uchun amalga oshirilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu bois ham uyda oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼillanish istagini bildirgan fuqarolarga Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamgʼarmalar mablagʼlari hisobidan mehnat qurollari ajratilmoqda.
Bugun "Zarbdor" mahalla fuqarolar yigʼinida shahrimizda yashovchi 25 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinalari, bir nafariga esa xamir qorish uskunasi topshirildi. Mazkur tadbirda Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov ishtirok etib, mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan eʼtibor, ularning doimiy ish bilan band boʼlishlari uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʼxtalib oʼtdi.
Xotin-qizlar berilayotgan eʼtibor va gʼamxoʼrlik uchun Prezidentimiz hamda masʼullarga oʼz minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati