Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti uchun oʼtkazilayotgan tanlovning Fargʼona shahar bosqichida eng munosiblar saralandi

×

 2022-10-25 16:48:48    230

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom koʼrsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi boʼlgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos oʼrnini eʼtirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuningdek, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, sanʼat, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol gʼoyalari va madaniy-maʼnaviy qadriyatlarga eʼtiqodining yuksalishi yoʼlidagi ibratli faoliyati, keng koʼlamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini ragʼbatlantirish ham bugungi kunning dolzarb masalasi boʼlmoqda.


Shu maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʼyicha takliflarni qoʼllab-quvvatlash toʼgʼrisida”gi 2326-sonli Farmoni qabul qilingani iqtidorli, ijodkor, izlanuvchan qizlar uchun katta imkoniyat berdi. Bugun ushbu tanlovning Fargʼona shahar bosqichi oʼtkazildi. 


Tadbirni viloyat hokimi oʼrinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʼi Komilaxon Kavlonova ochib, soʼnggi yillarda mazkur tanlov yanada takomillashgani, ishtirokchilari soni ortib borayotgani hamda har bir hududdan ikki nafardan gʼoliblar saralanayotganligiga alohida eʼtibor qaratdi hamda shahar bosqichiga tashrif buyurgan xotin-qizlarga omad tiladi. 


Tanlovning shahar bosqichida 7 ta yoʼnalish boʼyicha 43 nafar iqtidorli, shoira, kashfiyotchi, jamoat ishlarida va boshqa turli sohalarda faol boʼlgan 14-30 yosh oraligʼidagi xotin-qizlar ishtirok etdilar. Ular xayʼat aʼzolari tomonidan adolatli baholandilar. 


Tadbir davomida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti shahar bosqichida faol boʼlgan ishtirokchilar shahar hokimining tashakkurnomasi hamda qimmatbaho esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati