Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Mehnat yarmarkasida 12 nafar fuqarolar doimiy ishga joylashdi
2022-10-25 16:42:36 273
Fargʼona shahridagi 1-sektor shtabida ish bilan band boʼlmagan fuqarolar bandligini taʼminlash maqsadida boʼsh ish oʼrinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Unda 50 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar ishtirok etishdi.
Yarmarkada oʼndan ortiq korxona, tashkilot va muassasa vakillari oʼzlarida mavjud boʼlgan boʼsh ish oʼrinlarini taklif etishdi. Tadbir davomida 10 nafarga yaqin yoshlar kasbga qayta oʼqitishga yoʼnaltirildi.
Shuningdek, iqtisodiyotning turli sohalariga 12 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, mehnat qonunchiligi, kooperativlarga aʼzo boʼlish, haq toʼlanadigan jamoat ishlariga joylashish, ishsizlik nafaqasi olish boʼyicha ham huquqiy maslahatlar berildi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati