Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Bugun – Oʼzbek tili bayrami kuni

×

 2022-10-25 16:41:05    203

PDF yuklash
Chop etish


Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2020 yil 10 aprelь kuni imzolangan "Oʼzbek tili kunini belgilash toʼgʼrisida"gi qonunga binoan, 21 oktyabrь Oʼzbek tili bayrami kuni etib belgilandi.


Xalqimiz uchun qadrli va ulugʼ ushbu kun munosabati bilan oʼzbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoirimiz Аlisher Navoiyning Fargʼona shahridagi haykali yonida bayram tadbiri tashkil etildi.


Tadbirda viloyat hokimligi, viloyat boshqarma va tashkilotlari, taʼlim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi va shoirlar, yoshlar ishtirok etdilar. 


Bayram tadbirida ochib bergan viloyat hokimining oʼrinbosari Fayzullo Qosimov, ona tilining inson hayotida tutgan oʼrni, yurtimizda til masalasida olib borilayotgan davlat siyosati, soʼnggi yillardagi mamlakatimizda oʼzbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi oʼrni va taʼsirini oshirish borasidagi ishlar toʼgʼrisida soʼz yuritdi.


Аlisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʼyildi, tadbir davomida oʼzbek tilini ulugʼlovchi sheʼrlar yangradi. 


Joylarda Oʼzbek tili bayrami tantanalari davom etmoqda.