Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RАSMIY MUNOSАBАT
2022-10-21 10:46:10 321
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʼona shahar "Oqariq" MFY hududidagi yoʼllarning nosozligi yuzasidan murojaat tarqaldi. Mazkur murojaat shahar hokimligi va qurilish tashkiloti mutaxassislari ishtirokida oʼrganildi.
Maʼlumki, joriy yilda shahrimizdagi "Zarbdor" va "Oqariq" mahallalarida "Obod mahalla" Dasturi asosida keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, ayni kunlarda "Oqariq" MFYlarda "Termo servis intel" XK tomonidan ichimlik va oqava suvi tarmoqlari tortilmoqda. Mazkur ishlar uchun respublika byudjetidan 5 mlrd. soʼmga yaqin mablagʼ ajratilgan boʼlib, hududda jami 3000 metr ichimlik suvi va 6300 metr kanalizatsiya tarmogʼi tortilishi belgilangan. Qurilish ishlarini joriy yilning 1 noyabrь sanasiga qadar yakunlash rejalashtirilgan. Tarmoq tortish ishlari yakunlangandan soʼng, koʼchalarni asfalьtlash ishlari olib boriladi.
Shahrimiz aholi va mehmonlaridan qurilish ishlari olib borilayotgan hududlarda yoʼl belgilari va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishlarini soʼrab qolamiz.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati