Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Tashabbusli byudjet" loyihasining 17 ta gʼoliblari mahallalarning infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan

×

 2022-10-12 22:52:19    314

PDF yuklash
Chop etish


Mahallalarni obod qilish, ularga infratuzilmani olib borish yoʼlida "Tashabbusli byudjet" loyihasi asosiy oʼrin tutmoqda. Buni joriy yilning ikkinchi bosqichi orqali Fargʼona shahri mahallalari boʼyicha kelib tushgan takliflar hamda gʼoliblar orqali tahlil qilishimiz mumkin. 


Fargʼona shahridan 23 ta taklif gʼoliblikni qoʼlga kiritgan boʼlsa, ularning 17 tasi mahallalarning infratuzilmasini yaxshilish boʼyichadir. Barcha taklif boʼyicha 13,5 mlrd. soʼm mablagʼ ajratilishi belgilangan boʼlsa, 17 ta gʼolib boʼlgan loyihalar uchun 10 mlrd. soʼmga yaqin mablagʼlar sarf etiladi.


Аyniqsa, mazkur jarayonlarda "Beruniy" va "Tabassum" mahalla fuqarolar yigʼinlarining aholisi faol ishtirok etishdi. Jumladan, "Beruniy" mahallasidan 6, "Tabassum" mahallasidan esa 5 ta bildirilgan takliflar gʼolib boʼlib, 6 mlrd. soʼmdan ortiq mablagʼlar sarf etilishi belgilandi.


Bugun shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektorlar hamda masalaga dahldor tashkilot va korxonalar rahbarlari mazkur mahallalarda boʼlishib, aholi vakillari bilan qurilish va taʼmirlash ishlarini boshlash boʼyicha qonunchilikda belgilangan tartib boʼyicha jarayonlar davom etayotganligi haqida suhbatlashishdi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar oʼrganib chiqildi. 


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati