Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

HАLQАRO QIZLАR KUNI KENG NIShONLАNDI

×

 2022-10-12 22:27:54    224

PDF yuklash
Chop etish


BMT Bosh Аssambleyasining rezolyutsiyasiga asosan "12 oktyabrь - Xalqaro qizlar kuni" deb eʼlon qilingan. Bu kun har yili butun dunyo boʼylab katta tantana bilan nishonlanmoqda.


Bugun Fargʼona shahridagi "Kimyogarlar" madaniyat markazining yozgi amfiteatrida 12 oktyabrь – “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni Fargʼona shahar hokimi oʼrinbosari Dilshoda Xolmatova ochib, bayram ishtirokchilari boʼlgan qizlarni samimiy muborakbod etdi.


Tadbir davomida qizlarga kelgusidagi oʼqish va ishlariga omadlar tilandi hamda 1-bololar va oʼsmirlar maktabining sportchi yigitlari tomonidan barcha qizlar uchun gullar taqdim etildi. 


Shuningdek, tadbirda FarDU filologiya fanlari professori, shoir Siddiq Moʼmin ham ishtirok etib, "Singlisi yoʼq akalar" sheʼri bilan dillarni xushnud etdi. Tadbir davomida dilga yaqin kuy-qoʼshiqlar, goʼzal taronalar va raqslar barchaga koʼtarinki kayfiyat bagʼishladi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati