Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Karlar jamiyati" Fargʼona viloyati hududiy boʼlinmasida shahar hokimi Vosiljon Nazarov tomonidan qabul oʼtkazildi
2022-10-12 22:20:28 321
Unga jamiyatning Fargʼona shahrida istiqomat qilayotgan aʼzolari taklif qilindi. Jamiyat aʼzolarining 60 nafarga yaqini shahar hokimiga turli masalalarda murojaat etishdi. Har bir murojaat tarjimonlar orqali shahar hokimi va masʼullarga yetkazildi. Shu yerning oʼzida 20 ga yaqin murojaatlar ijobiy hal etildi.
Qabul davomida davolanishga muhtoj, sihatgohlarga yoʼllanma olish kabi tibbiy yoʼnalishdagi oʼndan ortiq murojaat qabul qilindi. Mazkur murojaatlarni ijobiy hal etish maqsadida shahar hokimining topshirigʼiga koʼra, shu haftaning juma va shanba kunlari tibbiyot birlashmasi tomonidan jamiyatning barcha aʼzolari tibbiy koʼrikdan oʼtkazilishi belgilandi.
Qabul soʼngida shahar hokimi jamiyat xodimlarining ham muammolarini eshitdi. Jamiyat aʼzolari uchun tikuvchilik sexi qurish, binoni joriy taʼmirlash kabi masalalar masʼul xodimlar tomonidan oʼrganilib, hal etish choralari koʼrildi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati