Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xitoylik investorlar Fargʼonada besh yulduzli mehmonxona qurishni rejalashtirmoqda

×

 2022-10-10 01:40:03    237

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy Xalq Respublikasining “Shuncheng Investment Group” kompaniyasi rahbari Xung Chi Yim boshchiligidagi bir guruh xitoylik sarmoyadorlarni qabul qildi. Qabul uchun minnatdorlik bildirgan investorlar Fargʼonada mehmonxona qurish istaklari borligini maʼlum qilishdi.


Viloyat rahbari Fargʼona turistlar tashrifi boʼyicha Respublikada ikkinchi oʼrinda ekanligini taʼkidlab, mehmonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Fargʼona shahridagi Saylgoh va Аl-Fargʼoniy koʼchalari tutashgan hududda, avvalgi Аmfiteatr oʼrnida oʼz brendiga ega besh yulduzli mehmonxona qurish loyihasi amalga oshirilayotgani haqida toʼxtalib oʼtdi.


Xitoylik investor Xung Chi Yim shahar markazida va har tomonlama qulay manzilda joylashgan mazkur loyihaga katta qiziqish bildirdi. Bu yerda loyiha qiymati 10 million dollar boʼlgan 14 qavatdan kam boʼlmagan 200 oʼrinli, besh yulduzli mehmonxona hamda zamonaviy savdo markazi qurishga tayyor ekanliklarini maʼlum qildi.


Belgilangan tartibda kontseptsiya ishlab chiqilib, jarayonlarni tezroq amalga oshirish kerakligini qayd etgan viloyat hokimi, investorlarni Fargʼonada 300 gektar hududda barpo etilayotgan yangi Ekoshahar loyihasida ham ishtirok etishga taklif etdi. Kelgusida ushbu yoʼnalishda ham hamkorlik qilishga kelishib olindi.