Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"BESHBOLА"DА HOKIM QАBULI OʼTKАZILDI VА "PROFILАKTIKА KUNI" MUNOSАBАTI BILАN SODIR ETILGАN JINOYATLАR TАHLIL QILINDI
2022-10-07 00:18:46 280
Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov hal etilishi dolzarb boʼlgan muammolari boʼlgan 8 nafar fuqarolarni qabul qildi. Masʼul rahbarlar ishtirokida oʼrganilgan murojaatlarning uchtasi shu yerda ijobiy hal qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarni uch kunlik muddatda oʼrganib chiqish va natijasi boʼyicha mualliflarga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va boʼlimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shundan soʼng, "Beshbola" mahalla fuqarolar yigʼinida oʼtgan davr mobaynida sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilindi. Jinoyatlarni sodir etilishiga sabab boʼlgan omillar oʼrganildi, shuningdek befarq boʼlgan rahbarlarga ogohlantirish berildi. Mahallada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlash, yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkillash boʼyicha masʼullarga tavsiyalar berildi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati