Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʼona shahrida ustoz va murabbiylarga yuksak ehtirom koʼrsatildi

×

 2022-09-30 18:06:42    237

PDF yuklash
Chop etish


1 oktyabr — Oʼqituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Fargʼona shahridagi “WINE GARDEN” tantanalar majmuasida bayram tadbiri tashkil qilindi. Tadbirga faxriy ustozlar, hozirgi kunda mehnat faoliyatini olib borayotgan ilgʼor oʼqituvchi va murabbiylar taklif etildi.

 
Tadbirda Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov ustoz va murabbiylarni sana munosabati bilan samimiy qutladi. Barcha uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli boʼlgan aziz va moʼʼtabar zotlarning mashaqqatli mehnati eʼtirof etildi.


Sogʼlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʼoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash yoʼlidagi ibratli faoliyati uchun bir guruh ustoz va murabbiylar shahar hokimligining tashakkurnoma hamda esdalik sovgʼalari bilan taqdirlanishdi.


Oʼzbekistan Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist Sayyora Gʼozieva, xushovoz xonandalar Shaxzod Murodov, Joʼrabek Qodirov, Izzatbek Qoʼqonov, Oybek Xolboev va "Joziba" raqs jamolari hamda shahar madaniyat boʼlimi saʼnatkorlaridan Аbrorbek Nishonov, Rustam Iskandarov, Sadoqat Karimovalar hamda "Sado" havaskor xalq doirachilar jamoasi tadbirga koʼtarinki ruh baxsh etdilar.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati