Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Фарғона шаҳрида янги тиббиёт муассасалари ташкил этилмоқда

×

 2022-09-27 16:21:53    223

PDF yuklash
Chop etish


Inson qadri ulugʼlanayotgan yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada viloyatimizda ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Fargʼona shahridagi oʼrganishlari davomida tibbiyot yoʼnalishida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan ham tanishib, ularni oʼz vaqtida va sifatli foydalanishga topshirilishi yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.


Xususan, viloyat bolalar koʼp tarmoqli tibbiyot markaziga qoʼshimcha 90 oʼrinli bino qurilib, “Bolalar kardiologiyasi boʼlimi”ni tashkil qilish boʼyicha amalga oshirilayotgan qurilish ishlari koʼzdan kechirildi. Loyiha qiymati 16,5 milliard soʼm boʼlib, yangi qurilayotgan binoda 30 oʼrinli kardioxirurgiya, 30 oʼrinli onkogematologiya, 30 oʼrinli neyroxirurgiya, 6 oʼrinli reanimatsiya va operblok joylashadi.


Shahardagi Yuksalish koʼchasida joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Fargʼona filiali balansida boʼlgan 7 qavatli binoni ham bugungi kunda rekonstruktsiya qilish hamda hududda yangi qabulxona qurishni tashkil etish boʼyicha ishlar olib borilmoqda.