Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʼonada elektromobillar ishlab chiqarish loyihasi yakuniy bosqichga kirdi

×

 2022-09-27 16:13:47    269

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Fargʼona shahridagi oʼrganishlari davomida mexanika zavodi hududida joylashgan kichik sanoat zonasidagi “Central Asia Motors” korxonasida boʼldi. Viloyat rahbariga viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov hamrohlik qildi.


Korxonada 2021-2022 yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi koʼzda tutilgan elektromobillar uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni oʼzlashtirish hamda yengil va yuk elektromobillarini ishlab chiqarish loyihasi boʼyicha qilingan ishlar koʼzdan kechirildi. 5 million dollar tadbirkorning oʼz mablagʼlari, 5 million dollar bank krediti hamda 40 million dollar toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiya hisobiga jami 50 million dollar sarflanishi koʼzda tutilgan ushbu loyiha toʼliq yakunlansa, 350 dan ortiq yangi ish oʼrni yaratiladi. Yillik 10 ming elektromobilь ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyiladi va uning 40 foizi eksportga yoʼnaltiriladi.


Shuningdek, elektromobillar uchun kuzov, zaryad stantsiyasi, akkumulyator ehtiyot qismlari mahalliylashtiriladi.