Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Ekoshaharda olib borilayotgan qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi
2022-09-27 16:12:12 300
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga Fargʼona shahrida joriy yilning yanvarь oyi oxirida tamal toshi qoʼyilgan “Yangi Oʼzbekiston” massivlari turkumiga kiruvchi Ekoshaharda olib borilayotgan qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
Viloyat rahbari 300 gektar maydonda 40 ming aholiga moʼljallangan yoʼldosh shaharchani bunyod etish ishlarini koʼzdan kechirib, koʼp qavatli uylarni barpo etayotgan quruvchi tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Oʼrganish davomida maʼlum boʼldiki, koʼplab uylarning 3-4-qavatlarida qurilishlar yakunlanmoqda, lekin baʼzi quruvchilar tomonidan ishlar belgilangan surʼatda tashkil etilmagan.
Qurilish jarayonlarining sust olib borilayotganini tanqid qilgan viloyat hokimi, belgilangan reja-grafikka mos ravishda ishlarni jadallashtirish, ishchi-xodimlarni koʼpaytirish va yaxshi ish tashkil qilgan quruvchilarni qoʼllab-quvvatlash kerakligini taʼkidladi.