Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Hormang, hasharchi paxtakorlar!" shiori ostida madaniy tadbir oʼtkazildi

×

 2022-09-27 16:01:43    187

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Fargʼona tumanidagi “FERGANA OSEANA“ klastriga qarashli "Oqbilol" mahalla hududidagi dala maydonlarida paxta yigʼim-terim ishlarida faol qatnashayotgan shahrimiz hasharchilari uchun “Hormang, hasharchi paxtakorlar!” shiori ostida madaniy koʼngilochar kontsert boʼlib oʼtdi.
Madaniy tadbir avvalida Fargʼona shahar hokimining oʼrinbosari D.Xolmatova soʼzga chiqib, xotin-qizlarga faolliklari uchun oʼz minnatdorchiligini bildirdi.


Paxtani yogʼin-sochin kunlarga qoldirmay yigʼib-terishda mehnatlarini ayamay oʼz hissalarini qoʼshib kelayotgan Fargʼona shahrimizda yashovchi koʼngilli aholi vakillaridan tashkil topgan hasharchi paxtakorlar uchun tashkillangan kontsert dasturida shahar madaniyat boʼlimi mudiri B.Nabiev hamda Markaziy madaniyat markazi xushovoz xonandalari А.Nishonov va S.Karimovalar tomonidan dilrabo kuy-qoʼshiqlar ijro etildi.


Bugungi tadbir orqali ikki yuz nafardan ziyod hasharchi paxtakorlar kayfiyatiga yanada koʼtarinki kayfiyat ulashildi.