Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼona shahrida keng koʼlamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda
2022-09-27 15:35:11 348
Fargʼona shahar hokimligida ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar, boshqarmalarning axborot xizmati rahbarlari hamda blogerlar uchun shahar hokimi ishtirokida matbuot anjumani va press-tur oʼtkazildi. Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov va sektor rahbarlari ishtirokida oʼtkazilgan matbuot anjumanidafuqarolar murojaati bilan ishlashva aholini uy-joy bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi. Jurnalist va blogerlar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga sektor rahbarlari tomonidan javoblar berildi. Mazkur masalalar boʼyicha bildirilgan takliflar ham oʼrganib chiqildi.
Fargʼona shahridagi “Eko shahar” hududida uy-joylar qurilishi, obodonlashtirish ishlari, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini tortish va “Yangi Oʼzbekiston bogʼi” qurilishi uchun 6 trln. 131 mlrd.soʼm mablagʼ sarflanadi. Eko shaharda 204 ta 21 660 xonadonli (85,5 ming aholi) koʼp qavatli uy-joylar qurilishi belgilangan. Yangi massivda 10 ta bogʼcha, 6 ta umumtaʼlim maktabi, poliklinika, masjid hamda sogʼlomlashtirish majmuasi bunyod etiladi. 15 ta maʼmuriy idoralar qad rostlaydi, "Kichik sanoat zonasi"da esa 17 ta lotlar ajratiladi.
Jurnalist va blogerlar shu kuni Fargʼona shahridagi 70 gektar maydonda bunyod etilayotgan Eko shaharga ham tashrif buyurishdi. Hozirda hududda keng koʼlamli obodonlashtirish, qurilish va taʼmirlash ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda. Press-tur davomida ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan toʼliq maʼlumotlar berildi. Shuningdek ishtirokchilar mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik yoʼnalishlarida shahrimizda olib borilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdilar.