Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Viloyat hokimi tomonidan ilgari surilgan xayrli tashabbus qoʼllab-quvvatlanmoqda

×

 2022-09-22 17:52:56    221

PDF yuklash
Chop etish


Kecha viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Fargʼona shahridagi “BS Textile” MChJ va Qirguli massivi hududida faoliyat olib borayotgan “Ferghana uniform” MChJ korxonalariga tashrif buyurganligi haqida xabar bergan edik.


Korxona rahbarlari viloyat hokimi bilan muloqotda kengayib borayotgan ishlab chiqarish uchun malakali ishchi xodimlar yetishmasligi masalasida amaliy yordam soʼradilar. Xayrullo Bozorov shahardagi mahallalarda ishsiz boʼlgan aholi vakillari uchun ushbu korxonalar qoshida oʼquv jarayonlarini amaliyot bilan bogʼlagan holda kasb-hunarga oʼqitish kurslari tashkil etish boʼyicha viloyat hokimining sohaga masʼul oʼrinbosarlariga, shahar hokimligiga hamda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi rahbariga vazifa yuklangandi. Oʼquv kurslarini tamomlaganlar yaxshi haq toʼlanadigan doimiy ish oʼrni bilan taʼminlanishi taʼkidlangan edi.


Bugun shahar hokimligining majlislar zalida mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari ishtirokida yigʼilish oʼtkazildi. Unda shahar hokimi Vosiljon Nazarov, viloyat hokimi oʼrinbosari Komilaxon Kavlonova, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining viloyat hududiy boshqarmasi boshligʼi Аnvarjon Аbdullaev, masʼul boshqarmalar vakillari va shahar hokimi oʼrinbosarlari tomonidan belgilab olingan chora-tadbirlar yuzasidan tushunchalar berildi.


Yigʼilishda “BS Textile” MChJ, “Ferghana uniform” MChJ, "CONSTANT TRADING" qoʼshma korxonasi, "Yagona stil" MChJ va "Union group" MChJ korxonalarining rahbar va masʼul xodimlari tomonidan ham ishchi xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ish haqqilarining miqdori hamda boshqa qulayliklar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.


Fargʼona shahar aholi bandligiga koʼmaklashish markazi tomonidan har bir korxona qoshida oʼquv kurslarini tashkil etiladi. Mahalla fuqarolar yigʼinlarida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga ishsiz boʼlgan fuqarolarni korxonalar qoshida tashkil etiladigan oʼquv kurslariga jalb etish, kafolatli ish bilan taʼminlash choralarini koʼrish vazifalari topshirildi.


Yigʼilish ishtirokchilari viloyat hokimi tomonidan ilgari surilgan xayrli tashabbusni qoʼllab-quvvatladilar hamda tez orada mazkur korxonalarga Fargʼona shahrilik ishsiz fuqarolar jalb etilishiga barcha birdek harakat qilishga kelishib oldilar.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati