Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RАSMIY MUNOSАBАT
2022-09-20 08:40:34 310
Ijtimoiy tarmoqlarda Qirguli mavzeidagi Kimyogarlar koʼchasidagi madaniy hordiq olish maskanida olib borilayotgan qurilish ishlari boʼyicha eʼtirozli murojaat tarqaldi. Mazkur murojaat Fargʼona shahar hokimligi va tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganish davomida "Farg‘ona city-stroy" MChJ tomonidan Kimyogarlar koʼchasi("Madaniyat uyi" roʼparasi)da madaniy hordiq olish maskanini oʼz ichiga olgan "Yoshlar mehnat guzari" kompleksini qurish, shuningdek tutash hududni obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish uchun bir gektar yer maydoni ajratilganligi aniqlandi.
Hozirda tadbirkor tomonidan bosqichma-bosqich qurilish ishlari olib borilmoqda. Hududdagi manzarali daraxtlarni saqlab qolish, maydonlarni koʼkalamzorlashtirish va parvarish qilish choralari koʼrilgan.
Qurilish maydoni atrofidagi mavjud daraxtlar xatlovdan oʼtkazilib ekologiya boshqarmasining Fargʼona shahar boʼlimi tomonidan nazoratga olinganligini maʼlum qilamiz.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati