Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 649 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

OBODLIK BUNYODKORLАRINING MEHNАTLАRI E'TIROF ETILDI

×

 2022-09-17 14:42:01    220

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahrida bunyod boʼlayotgan va "Fargʼona moʼʼjizasi" deya eʼtirof etilayotgan Eko shaharda shahar hokimligi tashabbusi bilan "Hormang quruvchi, bunyodkorlar!" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbir tashkillandi. Tadbirni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar boʼlinmasi rahbari Аzizbek Soyibnazarov ochib, tadbir ishtirokchilari boʼlgan bunyodkorlarning mehnatlarini eʼtirof etdi.
Tadbir davomida shahar madaniyat boʼlimining xushovoz xonandalari tomonidan dilrabo kuy-qoʼshiqlar ijro etildi. Quruvchilar va koʼkalamzorlashtirish ishlariga masʼul boʼlgan xodimlar madaniy xordiq oldilar. 
Tadbirda FarPI birinchi prorektori Mirzohid Botirov ham ishtirok etib, quruvchilarimiz, obodonlashtirish, koʼkalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etayotganlarning mehnatlarini ulugʼladi, ishlariga rivoj tiladi. "Fargʼona", "Vatan", "Ona" kabi sheʼrlari bilan bunyodkorlar olqishlariga sazovor boʼldi.
Shuningdek, tadbir davomida faol bunyodkorlar, opa-singillarimiz shahar hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi hamda Kasaba uyushmasining esdalik sovgʼalari bilan ragʼbatlantirildilar.