Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

“Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Farg‘ona shahar DSI boshlig‘i Q.Bekmirzaevning 2022 yil avgust oyi uchun HISOBOTI

 2022-09-13 15:48:20    182

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, joriy yil 16 mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari tashrif davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularni muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirishi, ularga ko‘makchi bo‘lishlari yuzasidan qator topshiriqlar bergan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi, shuningdek, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida soliq to‘lovchilarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, 2022 yil avgust oyi davomida Farg‘ona shaxar DSI tomonidan 430 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolari o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘ligan 122 ta tadbirkorlik sub’ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi, bundan tashqari 125 ta sub’ektga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2021 yil 22 sentyabr 595-son qaroriga asosan Ye-Ijara, Ye-Aktiv va Ye-Imtiyoz dasturidan foydalanish tushuntirildi, 183 ta sub’ektga soliq idoralariga bog‘liq boshqa masalalarda ko‘maklashildi.

“Farg‘ona-24” telekanali orqali soliq to‘lovchilarga soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar yetkazildi, Farg‘ona soliq texnikumida seminar yig‘ilish o‘tkazildi. 

Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta,  Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.

 

Farg‘ona shaxar DSI boshlig‘i                                         Q.Bekmirzaev