Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Mirjalolning murojaati ham ijobiy hal etildi

×

 2022-08-18 18:19:27    288

PDF yuklash
Chop etish


Mirjalol Аbdulqosimov shahrimizdagi Fargʼona imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabining 2-bosqich talabasi. Otasining vafotidan soʼng, "Joʼydam" mahalla fuqarolar yigʼini Fargʼona koʼchasi 69-uyda amakisining qaramogʼida yashaydi. Аmakisining ikki oʼgʼli u bilan doim birga, yelkadosh.


Mirjalol oʼqishdan tashqari А.Qodiriy massivida dasturlash, shuningdek shahar markazidagi majmuadagi sport toʼgaragiga ham qatnaydi. Har kuni bir necha kilometr masofani bosib oʼtishga toʼgʼri keladi.


- Oyogʼidagi ogʼriq tufayli uzoq yurolmas edi. Shahar hokimining qabuliga borib, oʼziyurar velosiped soʼrab murojaat qilgan edi, - deydi kelinoyisi Sohibaxon Qurbonova.- Bugun shahar hokimligiga chaqirishib, zamonaviy velosiped berishdi. Jiyanimning xursandchiligi cheksiz. Barchamiz jiyanimning murojaatini eʼtiborsiz qoldirmaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz.