Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼonada “Ezgulik manzili” xayriya aktsiyasi boʼlib oʼtmoqda
2022-08-18 18:14:54 352
Bolalarni qoʼllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan Fargʼona hamda Qoʼqon shaharlarida tashkil etilgan mazkur tadbir 14 avgustdan 20 avgustga qadar davom etishi belgilangan.
Maqsad viloyatda yashovchi ehtiyojmand, kam taʼminlangan, sharoiti ogʼir oilalardagi bemor bolalarga konsulьtativ va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʼrsatish, shuningdek, jamgʼarmaning tibbiy dasturlariga asosan ogʼir tashhisli bemor bolalarni davolash, bepul dori-darmon vositalari bilan taʼminlash, ularning salomatligini muntazam tiklash, jarrohlik yoʼli bilan davolanishga muhtoj boʼlgan bemor bolalarda murakkab operatsiya amaliyotlarini oʼtkazishdan iborat.